O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling”

 
 

Islom ta'limotga ko‘ra, tinch aholi ustiga bostirib kirish, ularni vahshiylarcha bo‘g‘izlash, uylarini vayron qilish aslo mumkin emas.  Odamlar bilan tinch va totuv hayot kechirish kerak. Alloh taol o‘z kalomida: “(Ey, Muhammad!) Rabbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da'vat eting! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning o‘zi Uning yo‘lidan chalg‘igan kimsalarni yaxshi biluvchi va hidoyat topganlarni ham U biluvchiroqdir”, deydi (Nahl, 125).

Jomboy tuman, “Islom nuri” jome masjidi imom-xatibi Nurullo Yuldoshev 35-maktab o‘quvchi yoshlari va ustozlar bilan "Jaholatga qarshi  marifat" mavzusida o‘tkazgan tadbirda shular haqida to‘xtalib, “Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling!” oyatiga binoan buzg‘unchi oqimlar qanchalik jaholat, fasod bilan ish ko‘rmasin, biz ularga o‘z ma'rifatimiz, ilmu salohiyat va ma'naviyatimiz bilan qarshi kurshsak, o‘z maqsadmimzga erishamiz dedi.

Darhaqiqat, Alloh taolo o‘z kalomida xabar berganidek, Uning yo‘lidan chalg‘igan kimsalarni ham, hidoyat topgan, to‘g‘ri yo‘ldan boruvchilarni ham U biluvchiroqdir.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/10/2019 16:02;   Ko‘rilganligi: 1234
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ular-bilan-eng-gozal-uslubda-munozara-qiling
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 06:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing