O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Ulamolarda anjumanga qiziqish katta

 
 

Ramil ADIGAMOV, Qozon islom universiteti arab tili kafedrasi mudiri:

– 20 yildan buyon aqida ta'limoti bilan shug‘ullanaman. Abu Mansur Moturidiyning “Kitob at-tavhid” asarini rus tiliga tarjima qilib, bu ulug‘ zotning ilmiy qarashlari, merosi bilan yaqindan tanishganman. Shu bois hech ikkilanmay aytishim mumkinki, Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limotini o‘rganishga bag‘ishlangan bunday xalqaro konferensiyaning tashkil etilishi muqaddas islom dini sofligini ta'minlash, uni turli aqida va qarashlardan asrashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois ayni paytda islom olami ulamolarida mazkur anjumanga qiziqish juda katta.

O‘ylaymanki, buyuk mutakallim kamolga yetgan zaminda o‘tkazilayotgan ushbu konferensiya Imom Moturidiy ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganishga, moturidiya ta'limotining buzg‘unchi oqimlarga qarshi kurashishdagi ahamiyatini ochib berishga, bu borada biz olimlarning tajriba almashishimizga xizmat qiladi.

Manba: zarnews.uz


Kiritilgan vaqti: 02/03/2020 18:24;   Ko‘rilganligi: 1222
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ulamolarda-anjumanga-qiziqish-katta
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 16:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing