O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Terrorizm va diniy ekstremizm - davr muammosi

 
 

Bugungi kunda tajovuzkor ekstremizm va terrorizm dunyoda barqaror rivojlanish va millatlararo totuvlikka muayyan tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa ularni bartaraf etish uchun birgalikda amaliy yechim topishni taqozo qilmoqda.

Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoq Valiy” jome masjidi imom-xatibi Yo.Mansurov 62-maktab o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda ekstremizm, terrorizm tushunchalari hamda ularning zararlari va bu illatlardan saqlanish uslublari haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma'rifat bilan kurashish kerakligi buning uchun, ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da'vat etadigan teran ma'noli fikr va g‘oyali mo‘tabar kitoblarda keltirilgan ma'rifat, ma'rifiy bilimlardan foydalanish lozimligi, ana shunday bebaho boylikka, minglab bilimdon ulamolar, faol ziyolilarga ega bo‘lgan, bu sohada katta tashabbuslar bilan chiqayotgan xalq va davlat sifatida yurtimizdan qandaydir aqidaparast, diniy oqimlarga berilgan kimsalarning chiqishi albatta yarashmasligi haqida gapirildi.

Shuningdek, bugun internet insoniyat turmush tarzi va hayotining ajralmas qismiga aylangan ayni davrda internetning ijtimoiy tarmoqlari orqali nafaqat yaxshi maqsadda, balki odamlarning ongu tafakkurini buzadigan, terrorizm, ekstremizm, davlatlardagi tartibsizliklarni amalga oshirish bilan birga, butun insoniyatning buguni va kelajagiga tahdid soluvchi o‘z g‘oyalarini tarqatish bilan faoliyatlarini jadallashtiruvchi guruhlar jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir o‘tkazuvchi xavf-xatar bo‘lib xizmat qilayotgani ta'kidlandi.

Davra suhbati jonli, savol-javob tarzida o‘tdi. Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/02/2020 15:13;   Ko‘rilganligi: 1270
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/terrorizm-va-diniy-ekstremizm-davr-muammosi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 18:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing