O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Samarqand tumanida otinoyilarning o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

 
 

Diniy soha vakilalari – otinoyilar doim xalq bilan birga, xotin-qizlar ichida yuradilar. Hozirgi zamon diniy soha vakilasi yuksak ma'naviyatli, chuqur hayotiy tajribaga ega, dunyoviy va diniy bilimlar sohibasi, el-yurt orasida obro‘-e'tiborli, milliy-diniy qadriyatlarni asl holida aholiga yetkaza oladigan, zamonaviy ilm-fan sirlarini egallashi, islom dini mohiyatini to‘liq tushuna bilishi, dunyoda yuz berayotgan hodisalardan xabardor bo‘lishi zarur. Shularni nazarda tutgan holda, Samarqand tuman bosh imom-xatibi B.Sharipov, tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Tinglovchilarga ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, oila va jamiyatda hamda farzand tarbiyasida ayollarning o‘rni, xotin-qizlar o‘rtasida bid'at-xurofot va aqidaparastlik hamda o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashishda otinoyilarning o‘rni va vazifalari kabi masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot berilib, aniq vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, otinoyilar aholi orasida har tomonlama namuna bo‘lishi, milliy va diniy urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni o‘z holicha yoshlarga yetkazish, ularni, ayniqsa, qizlarimizni iboli va hayoli etib tarbiyalashda onalarning o‘rni beqiyos ekani, to‘y va ma'rakalarni ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymagan holda o‘tkazish bo‘yicha joylarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish kerakligi aytib o‘tildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/03/2020 11:38;   Ko‘rilganligi: 1262
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/samarqand-tumanida-otinoyilarning-oquv-seminari-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 18:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing