O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Samarqand tuman bosh imom-xatibi maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi

 
 

Sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam: "Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir", deganlar. Nima uchun? Chunki iymon keltirish uchun ham ilm kerak. Musulmon bo‘lish uchun ham ilm kerak. Niyat qilish uchun ham ilm kerak. Ixlos qilish uchun ham ilm kerak. Ibodat qilish uchun ham ilm kerak. Allohning roziligini topish uchun ham albatta, ilm kerak. Qolaversa, do‘zaxdan qutulib, jannati bo‘lish uchun ham ilm kerak. Xuddi oila qurish uchun ham ilm kerak bo‘lgani kabi bu dunyo saodatini topish uchun ham ilm kerak, oxirat saodatini topish uchun ham ilm kerak.

Samarqand tuman bosh imom-xatibi B.Sharipov Samarqand shahar 9-umumta'lim maktabi o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ana shu kabi ilmning fazilatlari va ahamiyati mavzusida gapirib o‘tdi. O‘quvchilarga Islom dinining ilmga bo‘lgan munosabati, diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi, mamlakatbmizda yoshlarning ilm egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, xususan diniy ta'lim tizbmi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/02/2020 12:44;   Ko‘rilganligi: 78
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/samarqand-tuman-bosh-imom-xatibi-maktab-oquvchilari-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 04/06/2020 06:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing