O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

O‘ZBEKISTONDAGI QO‘LYOZMA FONDLARI: MUHOFAZA QILISH, KATALOGLASHTIRISH VA MUTAXASSISLAR MALAKASINI OSHIRISH MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY O‘QUV SEMINARI BOSHLANDI

 
 

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-22 iyun kunlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish Markazi (IRCICA) tashkiloti hamkorligida “O‘zbekistondagi qo‘lyozma fondlari: muhofaza qilish, kataloglashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy o‘quv seminari tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.

21 iyun kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markaziga xalqaro ilmiy-amaliy o‘quv seminari hay’ati a’zolari, IRSIKA bosh direktori – professor Xolit Eren, IRSIKA tadqiqotlar va nashrlar bo‘limi boshlig‘i – professor A. Muminovlar tashrif buyurdi. Respublikamiz hududlaridan ilmiy-amaliy o‘quv seminari ishtirokchilari, olimlar, soha vakillari, mehmonlar Markaz direktori dotsent Sh. Ziyodov va ilmiy xodimlar tomonidan kutib olindi. Sh. Ziyodov Markaz asosiy foyesida tadbir ishtirokchilariga ushbu markaz Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoevning g‘oyasi va tashabbusi asosida bunyod etilib, qisqa fursatda xalqimiz va butun islom olami uchun ma’naviyat-ma’rifat maskaniga aylanib ulgurganligi, uning faoliyati va vazifalari haqida gapirib, mehmonlarga ilmiy xodimlar tomonidan ulug‘ allomalarimizning bebaho ma’naviy merosini tadqiq etish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima qilish va o‘rganish hamda mavjud manbalarni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish kabi mas’uliyatli vazifalar bilan shug‘ullanib, ilmiy tadqiqotlar olib borayotganligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar berdi.


Shundan so‘ng mehmonlar, xalqaro seminar ishtirokchilari muzeyga taklif etilib, ularga muzey fondidan joy olgan buyuk muhaddis Imom Buxoriyning boy ilmiy merosi, turli davrlarga tegishli hadis ilmiga oid qo‘lyozma va toshbosma asarlari, noyob ekspozitsiyalar va zamonaviy axborot beruvchi vositalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
So‘ngra kun tartibiga muvofiq, xalqaro seminar ishtirokchilari: professor-olimlar, sohaga oid mutaxassislar va ilmiy xodimlar tajriba almashuv va kasbiy texnologiyalarni ishlab chiqish hamda boshqa masalalar bo‘yicha “O‘zbekistondagi qo‘lyozma fondlari” nomli birinchi majlisda o‘z ishtirokini boshladi.
Manba: bukhari.uz


Kiritilgan vaqti: 21/06/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1278
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ozbekistondagi-qolyozma-fondlari-muhofaza-qilish-kataloglashtirish-va-mutaxassislar-malakasini-oshirish-mavzusida-xalqaro-ilmiy-amaliy-oquv-seminari-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 15:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing