O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

OTINOYILARNING O‘QUV-SEMINARI DAVOM ETMOQDA

 
 

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligining tadbirlar rejasiga muvofiq Samarqand viloyatida sertifikat asosida faoliyat olib borayotgan otinoyilarning bilim saviyasini oshirish, dunyo qarashini kengaytirish hamda jamoat ishlaridagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan qisqa muddatli, 6 kunlik hududiy o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlangan edi. Bugun o‘quv-seminarning ikkinch kuni ham samarali bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv-seminarlarda O‘MI Samarqand viloyati vakilligi rahbarlari, SamDU va SamISI oliygohlarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining ilmiy xodimlari va Imom Buxoriy xalqaro markazi vakillari hamda boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari o‘zlarining sermazmun ma’ruzalari bilan tinglovchilarga zaruriy bilim va ko‘nikmalarni yetkazmoqdalar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/06/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1271
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/otinoyilarning-oquv-seminari-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 17:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing