O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Otinoyilarning jamiyatdagi o‘rni

 
 

Qadim-qadimdan xalqimiz farzandlar tarbiyasida, qo‘ni-qo‘shni orasidagi tushunmovchilikni bartaraf etishda,  oilaviy ajrimlarning oldini olishda, kizlarni oilaviy hayotga va  ular ruhiyatini bekalikka tayyorlashda otinoyilar xizmatidan foydalanishgan. Otinoyilar Qur'onni chiroyli o‘qishgan, hadislar, xalq og‘zaki ijodi va payg‘ambarlar tarixini yaxshi bilishgan. Nikohning Alloh dargohida tuziladigan ilohiy ahd ekanligini, oilaning muqaddasligini, farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati, farzandlarning ota-onasi, el-yurti oldidagi burchlari, erning ayoli, ayolning o‘z eri oldidagi burchlarini  tug‘ri tushuntirishgan. O‘zlari esa bu borada o‘zgalarga o‘rnak bo‘lishgan.

     Bugungi davr ham otinoyilarimizdan tom ma'noda fidoyilikni, yuqori saviyali, ma'naviyatli va kasbiy mahoratlari yuqori bo‘lishini talab etmoqdaki, bu o‘rinda  tashkil etilayotgan ma'naviyat soatlarining ahamiyati katta bo‘lmoqda. Joriy yilning 20 dekabr kuni vakillik binosida Samarqand shahar Siyob hududida faoliyat yuritayotgan otinoyilar ishtirokida o‘tkazilgan ma'naviyat soati "Islom-ma'rifatparvar din" mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir fizgin savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Nozbuvi TEMIROVA - Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi


Kiritilgan vaqti: 20/12/2019 12:18;   Ko‘rilganligi: 1198
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/otinoyilarning-jamiyatdagi-orni
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 07:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing