O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Loqaydlik ijtimoiy illatdir

 
 

Samarqand shahar “Murod Avliyo” jome masjidida  imom-xatibi Husenov Faxriddin mahallalarda faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida bugungi kunda eng dolzarb bo‘lib turgan missionerlik, o‘z joniga qasd qilish masalalari muhokama qilindi.

Unda so‘zga chiqqan Murod Avliyo jome masjidida  imom-xatibi F. Husenov “Missionerlik – bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishdir. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 7-bob, 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deya belgilab qo‘yilgan. Bunday g‘arazli illatlarga qarshi samarali kurash olib borish uchun birinchi navbatda avvalo befarq, loqayd bo‘lmasligimiz shart. Loqaydlik ijtimoiy illat sifatida og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bugungi globallashuv davrida o‘zligimizni, milliyligimizni asrab-avaylash, diniy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini o‘sib kelayotgan kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish, kelgusi avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib berish har birimizning muqaddas insoniy burchimizdir”, - dedi.

Shuningdek, tadbirda o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha so‘z yuritilib, bu kabi holatlar sodir bo‘lganda ta'ziyada ishtirok etmaslik zarurligi ta'kidlandi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 14/11/2019 10:56;   Ko‘rilganligi: 1224
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/loqaydlik-ijtimoiy-illatdir
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 19:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing