O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Islom tinchlik dini

 
 

Radikal mutaassib guruhlar Islom dini niqobi ostida zo‘ravonliklarga qo‘l urib, qo‘poruvchilik, qotilliklar sodir etmoqda. Diniy ulamolar, soha vakillaridan islomning asl mohiyatini keng jamoatchilik, yoshlarga to‘g‘ri yetkazish, diniy ekstremistik tashkilotlar da'volariga asosli, ilmiy  raddiyalar berish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu kabi maqsadlarni o‘z ichiga olgan davra suhbatlari, uchrashuv va tadbirlar aholi bilan, ilm dargohlarida imom-xatiblar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

Pastdarg‘om tuman “Abdurasulboy” jome masjidi imom-xatibi Ulug‘uov Xudoyor ham Pastdarg‘om Avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejida “Islom tinchlik dini” mavzusida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Suhbat davomida imom-xatib tomonidan Islom – tinchlik, insonparvar din ekanligi oyati karima va hadisi shariflar asosida tushuntirib berildi. Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar. Aytish mumkinki, uchrashuv mazmunli, o‘zaro savol-javob tarzida o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/12/2019 15:16;   Ko‘rilganligi: 60
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/islom-tinchlik-dini
Chop etilgan vaqti: 25/01/2020 01:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing