O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Islom – ilm-ma'rifat dini

 
 

Islom dini musulmonlarga ilm o‘rganishni farz qilgan, kishilarni ilmga undagan. Chunki inson shaxsiyatini ilmdan boshqa narsa to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi, taraqqiyotga ham erishtira olmaydi. Ilmga qiziqtirish borasida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

“Kim ilm talab qilish yo‘liga yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Farishtalar tolibi ilmni qilayotgan ishidan rozi bo‘lgan hollarida qanotlarini yozadilar. Olimga osmondagilar, yerdagilar, hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytishadi. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o‘xshaydi. Olimlar anbiyolarning merosxo‘rlaridir. Anbiyolar dinor ham, dirham ham meros qoldirmaganlar. Ular ilmni meros qoldirganlar, xolos. Kim o‘shani olsa, ulug‘ nasibani olibdi (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyat qilishgan).

Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom-xatibi O‘.Umirqulov 28-maktab o‘quvchilari bilan “Yoshlikda o‘rganilgan ilm kelajak uchun mustahkam poydevordir" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Darhaqiqat, yoshlarimizning maktablarga borib ta'lim olishi ham ibodat. Yoshlarning maktabda berilayotgan darslarni puxta o‘zlashtirishlariga alohida e'tibor qaratish har bir ota-ona va ustozlarning mas'uliyatidir. Ularni o‘z hollariga tashlab qo‘yib, qayerda yurgani, kimlar bilan o‘rtoqlashayotgani, nimalarga qiziqayotganidan ogoh bo‘lmaslikning oqibati ayanchli bo‘ladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/02/2020 16:59;   Ko‘rilganligi: 1304
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/islom-ilm-marifat-dini
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing