O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Ilm-ma'rifat barcha yaxshiliklarning avvalidir

 
 

Ilm-ma'rifat ikki dunyo saodatidir. Ikki dunyo saodatini qo‘lga kiritish uchun aqlli bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Inson aqlli bo‘lish bilan birga ilm-ma'rifat hosil qilsagina u ikki dunyo saodatini qo‘lga kiritadi. Shu sababli Islom dini barcha mo‘min-musulmonlarga ilm talab qilishni farz qildi.

Urgut tumanida joylashgan 15-maktabning 11- sinf o‘quvchilari bilan “Ilm-ma'rifatli inson siymosi”mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan “Ahmad Ochil” jome masjidi imom-xatibi Orif Primov so‘zga chiqib, Ilm-ma'rifat hosil qilishlik inson uchun baxt. Donishmandlardan biri:             “Insonning baxtliligi orzu-havaslarga yetishganligida emas, balki unga berilgan ne'matlar qiymatini anglab yetishdadir” degan ekan. Inson o‘ziga berilgan ne'matlarning qiymatini bilishi uchun ham unda ilm-ma'rifat bo‘lishi kerak. Ilm ma'rifatsiz kishi berilgan ne'matlar qiymatini anglab yetmaydi.

Ilm-ma'rifat inson uchun najot.  Bu haqda Imom Buxoriy hazratlari:

“Dunyoda ilmdan ortiq najot borligini bilmayman” deganlar”, deb qayd etdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/02/2020 15:32;   Ko‘rilganligi: 1180
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/ilm-marifat-barcha-yaxshiliklarning-avvalidir
Chop etilgan vaqti: 26/04/2024 02:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing