O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Giyohvandlikka qarshi kurashish hammamizning burchimiz

 
 

Samarqand shahrida joylashgan Bank kollejida “OITS va Giyohvandlikka qarshi kurashish”  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda “Xo‘ja Yusuf” masjidi imomi Nodirxon Mallayev ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarni OITS va giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirdi: “Islom dini joriy bo‘la boshlagandan beri giyohvandlikning harom ekani,  uni halol sanaydigan kishi kofir bo‘lib qolishi aytilgan  va barcha ulamolar shunga  ittifoq qilgan. Uni istemol qilish insonning diniga, aqliga, xulqiga, tabiatiga zarar bo‘ladi. Ibn Hojar rohmatullohi alayh giyohvandlik yetkazadigan 120 xil zararni sanaganlar. .Shuningdek, giyohvandlik moddalarini yeyish, ichish, hidlash va igna orqali qabul qilish mutlaqo harom ekanini takidlashgan. Giyohvand moddalarni iste'mol  qilish,  ishlab chikarish, ularning tijorati bilan shug‘ullanish oqibati baxtsizlikdir. Ulamolar giyohvand moddalar orqali qilingan kasb haromdir, ularni tasiri ostida o‘qilgan namoz qabul emas, ulardan kelgan foyda ham harom uni sadaqa ham qilib bo‘lmaydi, deganlar. Bu illat oqibatida shifosiz kasalliklar insonda paydo bo‘ladi va natija o‘lim bilan yakun bo‘ladi. Alloh taolo ato qilgan hayot ne'matini xorlagani uchun oxiratda ham jazo muqarrardir”.

Albatta, kelajak vorislari bo‘lgan yoshlar bilan bu kabi tadbirlarni tez-tez o‘tkazib turish foydadan xoli bo‘lmaydi. Ularning tarbiyasiga befarq bo‘lsak, natijada yoshlarning hayoti va oxirati barbod bo‘lishi mumkin. Bunda farzandlarimiz oldida va Yaratganning huzurida o‘z vazifasini bajarmagan, xiyonatkor sifatida aybdor bo‘lib qolamiz. Alloh barchamizni  bunday holatlardan O‘zi saqlasin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 18/11/2019 12:44;   Ko‘rilganligi: 1180
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/giyohvandlikka-qarshi-kurashish-hammamizning-burchimiz
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 15:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing