O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Diniy ma'rifatni yetkazish - bugungi kun imomining mas'uliyati hisoblanadi

 
 

Bugun dunyoning turli chekkalarida muqaddas islom nomidan sodir etilayotgan terrorchilik harakatlari, islomiy tushuncha va g‘oyalarni buzib talqin qilgan holda soddadil musulmonlarni chalg‘itish holatlari dinimizning bag‘rikenglik, mo‘tadillik va insoniylikka yo‘g‘rilgan musaffo ta'limotini aholi, xususan, yoshlarimizga to‘g‘ri tushuntirish zaruratini tobora oshirmoqda.

Shunday ekan, bugungi kun imomlari zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his qilgan holda diniy ma'rifatni ommaga yetkazishlari, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlari, Vatan ravnaqi, Yurt tinchligini ta'minlash va xalq farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shishlari zarur. Mana shularni o‘zida his etgan imom-xatiblarimizdan Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi imom-xatibi Zafar Mahmudov ham ta'lim muassasalari, mahalla yig‘inlarida bo‘lib, sof islom ma'rifati, ota-bobolarimizning mustahkam va sobit e'tiqod yo‘llaridan og‘ishmay borish, bugungi kunda jahonda yuz berayotgan turli ziddiyat va to‘qnashuvlar mohiyati, hushyor va ogoh bo‘lib yashash, ommaviy madaniyat niqobi ostidagi ma'naviyatimiz, e'tiqodimizga tamomila zid odatlar haqida so‘z yuritib, ayanchli yakunlari haqida hayotiy misollar keltirib o‘tmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/12/2019 12:36;   Ko‘rilganligi: 1066
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/diniy-marifatni-etkazish-bugungi-kun-imomining-masuliyati-hisoblanadi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 18:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing