O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“Butun islom dunyosi bu shaxslarni O‘zbekiston marvaridlari, deb tan oladi”

 
 

"Dunyo" axborot agentligi Malayziya Milliy universiteti professori, Islom sivilizatsiyasi instituti asoschisi Mohd Yusuf Hoji USMONning intervyusini e'lon qildi:

– “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkilotchilariga tadbirni islom sivilizatsiyasi markazi – O‘zbekistonda o‘tkazish qarori uchun minnatdorlik bildiramiz. Imom Abu Mansur Moturidiy hayoti, ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishmiz. Buyuk islomshunos olim islom dinining ma'rifatparvar din ekanini IX-X asrlarda yoqlab chiqqan. Islomni o‘z mohiyatidan chetlab qilingan turli talqinlarga qarshi turgan. Allomaning fikrlari hanuz o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

 O‘zbekiston – Xorazmiy, Beruniy, Farobiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Abu Mansur Moturidiy kabi buyuk allomalar vatanidir. Butun islom dunyosi bu shaxslarni O‘zbekiston marvaridlari, deb tan oladi. Chunki ular islom ta'limoti bilan birga, matematika, algebra, tibbiyot, astronomiya, jamiyatshunoslik, huquq, antropologiya va boshqa fanlar rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shganlar.

Manba: uza. uz


Kiritilgan vaqti: 02/03/2020 18:20;   Ko‘rilganligi: 57
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/butun-islom-dunyosi-bu-shaxslarni-ozbekiston-marvaridlari-deb-tan-oladi
Chop etilgan vaqti: 30/05/2020 22:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing