O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Bosh imom-xatiblarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 
 

Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi bilan har oyda ikki marta shahar va tuman bosh imom-xatiblari yig‘ilib, o‘zaro amalga oshirilgan ishlar, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qilish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga sayyor yig‘ilishlar tashkil etish orqali tumanlarda yig‘ilib, joylardagi masjidlarning faoliyati bilan tanishish, namozxonlar va aholi bilan uchrashib, suhbatlar uyushtirish an'anaga aylangan.

Bugun, 11 fevral kuni viloyatdagi 14 ta tuman va 2ta shahar bosh imom-xatiblari ishtirokidagi navbatdagi yig‘ilish Bulung‘ur tuman “Amir Hamza” jome masjidida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish qatnashchilari dastlab sho‘balarga bo‘lingan holda tumandagi barcha 16 ta masjidga tashrif qilib, masjid faoliyati bilan tanishdilar. So‘ng namozxonlar va mahalla aholisi bilan uchrashib, suhbatlashdi, bemor, kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olindi. Shuningdek, vakillar maktablarda bo‘lib o‘quvchilar bilan diniy-ma'rifiy suhbatlar uyushtirdi.

Kunning ikkinchi yarmida imom-xatiblar “Amir Hamza” masjidida yig‘ilib, masjidlar faoliyati bo‘yicha o‘rganish xulosalari, amalga oshirilgan ishlar hisoboti va bajariladigan vazifalar muhokama qildi.

Ushbu tadbirlarga rahbarlik qilgan viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari X.Sattarov shu kunning o‘zida Bulung‘ur tumanida faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan ham uchrashib, bugungi kunda otinoyilar oldida turgan vazifalar borasida suhbatlashdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/02/2020 16:21;   Ko‘rilganligi: 1110
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/bosh-imom-xatiblarning-navbatdagi-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 23:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing