O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Beshikdan qabrgacha ilm izla

 
 

Bulung‘ur tuman “Niyozmat” jome masjidi imom-xatibi Muslihiddin Hidoyatov Niyozmat mahallasidagi 11-maktabda 8-sinf o‘quvchilari bilan “Ilmning fazilati va hozirgi kunda yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar” to‘g‘risida suhbatlashdi. Yosh imom-xatib o‘z hayotidan misol keltirar ekan, o‘rta maktabni a'lo baholar bilan bitirgach, Nukus shahridagi “Muhammad al-Beruniy” islom o‘rta maxsus bilim yurtida tahsil olib kelganini esladi.

“Albatta, bular mamlakatmizda yoshlarning dunyoviy va diniy ilmlarning egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligidandir. Ilm o‘rganishga intilish har bir mo‘min-musulmon zimmasidagi buyuk farzdir. Qur'oni karimning ilk oyati “O‘qi” amri bilan nozil bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ilmning fazilati shu darjadaki yuqorida ekanligidan va uni egallash o‘ta zarurligidan: “Beshikdan qabrgacha ilm izla, ilmni Chin mamlakatidan bo‘lsa ham o‘rganinglar”, deb ta'lim berganlar, deya o‘quvchilarga ilmning fazilatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 31/10/2019 15:28;   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/beshikdan-qabrgacha-ilm-izla
Chop etilgan vaqti: 18/11/2019 00:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing