O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Aqida to‘g‘riligi xalq tinchligidir

 
 

Samarqand xalqaro aeroportida «Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid»  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Viloyatdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari, «Samarqand xalqaro aeroporti» MCHJ rahbar va mutaxassislari hamda diniy idora vakillari ishtirok etgan tadbirda tinchlikni asrab-avaylash, hushyorlikni yanada oshirish, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga, ularning turli yot oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish mas'uliyati va bu borada bajariladigan har bir ishni hamjihatlikda amalga oshirish zarurligi ta'kidlandi.

- Hozirgi kunda yer yuzida aqidaparast ekstremistik oqimlardan zarar ko‘rmagan davlatning o‘zi qolmadi, - deydi Samarqand shahridagi «Xo‘ja Is'hoqi Vali» masjidi imom xatibi muovini N.Xo‘jakeldiyev. - Yer yuzida mavjud ekstremistik oqimlarning aksariyati o‘zlarini islom dini bilan bog‘lashadi. Lekin qilayotgan ishlari islom diniga zid va faqat musulmonlarning zarariga bo‘layapti.

Yurtimizda yashayotgan har bir inson bu kabi muammolarga beparvo va loqayd bo‘lmasa bunday zararli oqimlar yurtimizga kirib kelmaydi. Zero, e'tiqod va ma'naviyat sog‘lomligi xalq boyligi, aqida to‘g‘riligi esa xalq tinchligidir.

Tadbir so‘ngida «Bugungi kun tahdidi» hujjatli filmi namoyish etildi va unda aks ettirilgan voqealar o‘zaro muhokama qilindi.

Manba: Zarnews.uz


Kiritilgan vaqti: 13/02/2020 16:40;   Ko‘rilganligi: 947
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/aqida-togriligi-xalq-tinchligidir
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing