O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Aholi bilan jinoyatchilikning oldini olish haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.

 
 

Hozir yurtimizda shu darajada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqdaki, bunday jarayonda jimgina turaverishning o‘zi katta jinoyat.

Shundan kelib chiqib, imom xatib va ahli ilmlar o‘zlarining ilmiy salohiyati bilan xalqimiz, xossatan yoshlarimiz o‘rtasida avj olib borayotgan jinoyatlarning barcha turlariga qarshi kurashishga kirishishi zarur.

Mana shunday mas'uliyatni his qilgan holda hududlarda faoliyat yuritayotgan imom xatiblar tomonidan joylarda aholi bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Kattaqo‘rg‘on tumani “Xoja Abul-Hasan Andokiy” jome masjidi imom xatibi Baqoyev Safoxon mahalla faollari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish, ichimlikning zararli oqibatlari haqida aholi bilan davra suhbati o‘tkazdi. Imom xatib yig‘ilganlarga Dinimizda jinoyatchilik, bezorilik, giyohvandlik, ichkilikning gunohi, salbiy oqibatlari haqida mo‘tabar manbalar asosida so‘zlab berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/09/2019 16:19;   Ko‘rilganligi: 1261
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/aholi-bilan-jinoyatchilikning-oldini-olish-haqida-suhbat-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing