Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘z oldiga qo‘yilgan yuksak va sharafli maqsadlarni ado etishda samarali faoliyat olib bormoqda. Ko‘plab yo‘nalishlarda xayriya aksiyalarini amalga oshirib kelayotgani barchamizga ayon. Bugun, 14 fevralda xayriya jamoat fondi rahbari Iskadar Xalilov Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida bo‘ldi. Bu maskanda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, xalqaro markaz rahbar va ilmiy xodimlari, Hadis maktabining ustoz va talabalari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra fond tomonidan markazning ilmiy ishlari, yangi adabiyotlar nashri, markaz kutubxonasini zaruriy adabiyotlar bilan boyitish kabi xayrli ishlarda yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Shuningdek xayriya jamoat fondi rahbari va viloyat bosh imom-xatibi Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti professori, Hadis maktabi ustozi Mahmud Abdulloh bilan suhbatlashdi.   

 

Imom-xatiblarimiz ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda

Kattaqo‘rg‘on shahrida bugungi kunda 5 ta jome masjid faoliyat yuritmoqda. Masjid imom-xatib va imom noiblari jamoatning diniy ehtiyojlari, diniy-ma'rifiy savodxonligini oshirish, sof islom va hanafiy mazhabi ta'limotlarini yetkazish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Shu bilan birga mahalla, ta'lim muassasalari va tashkilotlarda bo‘lib, aholiga tinch-xotirjam hayotimiz, farovon o‘tayotgan kunlarimizga shukr qilib, eng avvalo, hushyor bo‘lmog‘imiz, ana shu ne'matlardan ayirmoqchi bo‘layotgan g‘arazli kuchlar, nopok  toifalarning nayranglaridan ogoh bo‘lib, ularga munosib javob qaytarish, manfur kimsalarning hiylalariga aldanib, pirovardida oilasidan, yaqinlaridan, tinchligidan ajralib qolgan kishilar qismatiga nazar solish orqali bu kunlarimizga qanchalar shukr  keltirishimiz lozimligi borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

 

Aqida to‘g‘riligi xalq tinchligidir

Samarqand xalqaro aeroportida «Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid»  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Viloyatdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari, «Samarqand xalqaro aeroporti» MCHJ rahbar va mutaxassislari hamda diniy idora vakillari ishtirok etgan tadbirda tinchlikni asrab-avaylash, hushyorlikni yanada oshirish, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga, ularning turli yot oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish mas'uliyati va bu borada bajariladigan har bir ishni hamjihatlikda amalga oshirish zarurligi ta'kidlandi.

 

Terrorizm va diniy ekstremizm - davr muammosi

Bugungi kunda tajovuzkor ekstremizm va terrorizm dunyoda barqaror rivojlanish va millatlararo totuvlikka muayyan tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa ularni bartaraf etish uchun birgalikda amaliy yechim topishni taqozo qilmoqda.

 

Samarqandda Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari boshlandi

Shonli tariximizdan ma'lumki, Movarounnahrdan nafaqat islom sivilizatsiyasi, balki jahon ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan ko‘plab buyuk shaxslar yetishib chiqqan va samarali ijod qilgan. Ana shunday allomalardan biri buyuk mutafakkir, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiydir. Avval xabar berilganidek, Alloma tavalludining 1150 yilligi munosabati bilan joriy yil 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda viloyatda mazkur anjumanga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 

Islom – ilm-ma'rifat dini

Islom dini musulmonlarga ilm o‘rganishni farz qilgan, kishilarni ilmga undagan. Chunki inson shaxsiyatini ilmdan boshqa narsa to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi, taraqqiyotga ham erishtira olmaydi. Ilmga qiziqtirish borasida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

 

Viloyat bosh imom-xatibi Ishtixon tumani aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Islom dinining ma'rifiy-ma'naviy mohiyati va mazmunini xalqimizga yetkazish, ularni har xil g‘arazli oqimlar hamda manqurt kimsalarga aldanmaslikka chaqirish,  yurt tinchligi, xalq farovonligi, dinning sofligini ta'minlash, jaholatga qarshi ma'rifat ila, adashganlarga sof e'tiqod bilan kurashish, bugungi kunlarimizga shukronalik keltirish kabi fazilatlarni jamiyatga yetkazishda imom-xatibning juda katta o‘rni bor. Chunki imom-xatib insonlarni faqat va faqat ezgulikka chorlovchima'rifatga undovchidir.

 

Bosh imom-xatiblarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi bilan har oyda ikki marta shahar va tuman bosh imom-xatiblari yig‘ilib, o‘zaro amalga oshirilgan ishlar, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qilish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga sayyor yig‘ilishlar tashkil etish orqali tumanlarda yig‘ilib, joylardagi masjidlarning faoliyati bilan tanishish, namozxonlar va aholi bilan uchrashib, suhbatlar uyushtirish an'anaga aylangan.

 

Ilm-ma'rifat barcha yaxshiliklarning avvalidir

Ilm-ma'rifat ikki dunyo saodatidir. Ikki dunyo saodatini qo‘lga kiritish uchun aqlli bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Inson aqlli bo‘lish bilan birga ilm-ma'rifat hosil qilsagina u ikki dunyo saodatini qo‘lga kiritadi. Shu sababli Islom dini barcha mo‘min-musulmonlarga ilm talab qilishni farz qildi.

 

Farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Payariq tumanidagi madaniyat uyida umumta'lim maktablari va o‘rta maxsus bilim yurti amaliyotchi psixologlari ishtirokida “Oilada ota-onaning farzand tarbiyasidagi o‘rni, yoshlar orasida jinoyatchilik va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand shahar “Xo‘ja Nisbatdor” jome masjidi imom-xatibi B.Boxonov ishtirok etib,  farzandlarning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish, har jihatdan barkamol etib tarbiyalash, farzand istiqboli va kelajagida ota-oaning  o‘rni, yaxshi inson bo‘lib voyaga yetsa ularga ikki dunyoda rahmat kelitirishi, aksincha javobgarlikda barobar ekanliklari haqida muqaddas manbalarda keltirilgan dalillar asosida so‘z yuritdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi – mamlakatda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyil va ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat tashkilotlar, oila, mahalla, ta'lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi. Mudofaa vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Samarqand viloyatida bo‘lib, uzoq, chegara oldi maktab o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot...”

Joriy yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yig‘ilishi va Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida so‘zlagan nutqida yoshlar va ta'lim masalalari Senatning doimiy e'tiborida bo‘lishi kerakligini ta'kidlab, “Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan so‘zlarini takror va takror aytishdan charchamayman. Nega deganda, bu fikr bugungi kunda har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz lozim. Yoshlarimiz kimning avlodlari ekanini chuqur anglashlari kerak. Ayni vaqtda bugungi islohot va o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan bo‘lmayotganini bilishlari zarur”, degan edi.

 

Isrofgarchilik bugungi kunning dolzarb muammolaridandir

Ma'lumki, mahalla yig‘inlari qoshida  “To‘y-hashamlar, ma'raka va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha komissiya” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. – Komissiya a'zolari, imom-xatib, katta tajribaga ega yoshi ulug‘ nuroniylar,  mahalla faollari bilan birga to‘ylarni ixcham, tartibli va kamchiqim tarzda o‘tkazish borasida muntazam ish olib borayapdi. “Kengashli to‘y tarqamas”, deganlaridek, mahallaning to‘y, marosimlarni tartibga soluvchi komissiyasi a'zolari to‘y egalari  bilan kengashib olishadi. Shuningdek, to‘yni tartibli, ortiqcha isrofgarchiliksiz o‘tkazish, marhumlarning haqqiga atab qilinadigan ma'rakalarni chegaralash borasida to‘y aholi orasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

Hasanobod” mahallasida to‘y-hashamlarni tartibga solish masalasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahar “Hasanobod” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senati kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi 2736-III-592-III-sonli “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazishni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi qo‘shma qarorini kuchga kirgani yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Xo‘ja Nisbatdor”  jome masjidi imom xatibi B. Boboxonov, viloyat mahalla markazi bosh mutaxassisi F. G. Shokirova, “Oila”  markazi  bosh mutaxassisi G. M. Xusainova, 7-IIB xotin-qizlar bilan ishlash bosh mutaxassisi mayor G.Akbarova, 7-IIB profilaktika inspektori D. Turabov, hoji ona va hoji otalar, mahalla fuqarolari, OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Unda so‘zga chiqqan imom-xatib B.Boboxonov ushbu qarorning ahamiyati, muborak dinimiz ko‘rsatmalarida to‘y-hasham, ma'raka-marosimlarni o‘tkazishdagi me'yor, uning tartib va qoidalari haqida oyati va karima va hadisi shariflar asosida tushunchalar berdi.

 

“U isrof qilguvchilarni sevmaydi”

Alloh taolo bizlarni riyokorlik, xo‘jako‘rsinlik, manmansirashlik kabi nojoiz ishlardan tiyilib, O‘zining roziligini istagan holda hayot kechirmog‘imizga buyuradi, hamda barcha ishlarimizni me'yorida qilmog‘imizni va haddan oshmasligimizni talab qiladi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing