Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Samarqand tumanida otinoyilarning o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Diniy soha vakilalari – otinoyilar doim xalq bilan birga, xotin-qizlar ichida yuradilar. Hozirgi zamon diniy soha vakilasi yuksak ma'naviyatli, chuqur hayotiy tajribaga ega, dunyoviy va diniy bilimlar sohibasi, el-yurt orasida obro‘-e'tiborli, milliy-diniy qadriyatlarni asl holida aholiga yetkaza oladigan, zamonaviy ilm-fan sirlarini egallashi, islom dini mohiyatini to‘liq tushuna bilishi, dunyoda yuz berayotgan hodisalardan xabardor bo‘lishi zarur. Shularni nazarda tutgan holda, Samarqand tuman bosh imom-xatibi B.Sharipov, tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Kattaqo‘rg‘on tumanida Samarqand viloyati tuman va shahar bosh imom-xatiblarining navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

10 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida Samarqand viloyati tuman va shahar bosh imom-xatiblarining navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari D.Mamadkulov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, bosh imom-xatib o‘rinbosari X.Sattarov hamda 16 nafar bosh imom-xatiblar, Kattaqo‘rg‘on tuman va Kattaqo‘rg‘on shahar masjidlarining imom-xatiblari va imom-noiblari ishtirok etdi.

 

Harbiylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyatining Urgut tumani qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududlardan hisoblanadi. Tumanning markazdan uzoq hududlari aholisi bilan imom-xatiblar tomonidan doimiy tarzda ma'naviy-ma'rifiy tadbir va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadkulov va viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulovlar Urgut tumani chegara hududida joylashgan harbiy qismda bo‘lib, harbiylar va chegara qismi xizmatchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 

Yoshlarga terrorizm va uning oqibatlari haqida tushunchalar berildi

Samarqand shahar Sattepo maskanidagi 24- o‘rta maktabda 11-sinf o‘quvchilari, ustozlari va mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi imom-xatibi Jahongir hoji Xatamov hamda shahar IIB boshlig‘i J.Qodirov ishtirok etdi. Unda terrorizm, uning xavfi va oqibati to‘g‘risida ma'ruza qilindi. Tadbir yakunida qatnashchilar e'tiboriga Terrorizm haqida film namoyish etildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati

 

“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi

Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning yalpi majlisi bugun, 4 mart kuni o‘z ishini davom ettirdi. Unda Konferensiya ishtirokchilari tomonidan olg‘a surilgan takliflar bo‘yicha shakllantirilgan tavsiyalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

 Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman bugun, 3 mart kuni soat 9.00da o‘z ishini boshladi.

Dastlab mehmonlar va konferensiya ishtirokchilari uchun “Forumlar saroyi”  binosida fotosessiya tashkil qilindi.  Shundan so‘ng anjuman o‘z ishini Qur'oni karim tilovati bilan boshladi. Anjumanning bugungi dasturi bo‘yicha xorijlik va mahalliy olimlar tomonidan ma'ruzalar qilinishi belgilangan.

 

Ulamolarda anjumanga qiziqish katta

Ramil ADIGAMOV, Qozon islom universiteti arab tili kafedrasi mudiri:

– 20 yildan buyon aqida ta'limoti bilan shug‘ullanaman. Abu Mansur Moturidiyning “Kitob at-tavhid” asarini rus tiliga tarjima qilib, bu ulug‘ zotning ilmiy qarashlari, merosi bilan yaqindan tanishganman. Shu bois hech ikkilanmay aytishim mumkinki, Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limotini o‘rganishga bag‘ishlangan bunday xalqaro konferensiyaning tashkil etilishi muqaddas islom dini sofligini ta'minlash, uni turli aqida va qarashlardan asrashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois ayni paytda islom olami ulamolarida mazkur anjumanga qiziqish juda katta.

O‘ylaymanki, buyuk mutakallim kamolga yetgan zaminda o‘tkazilayotgan ushbu konferensiya Imom Moturidiy ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganishga, moturidiya ta'limotining buzg‘unchi oqimlarga qarshi kurashishdagi ahamiyatini ochib berishga, bu borada biz olimlarning tajriba almashishimizga xizmat qiladi.

Manba: zarnews.uz

 

“Butun islom dunyosi bu shaxslarni O‘zbekiston marvaridlari, deb tan oladi”

"Dunyo" axborot agentligi Malayziya Milliy universiteti professori, Islom sivilizatsiyasi instituti asoschisi Mohd Yusuf Hoji USMONning intervyusini e'lon qildi:

 

Doimo ogoh va hushyor bo‘laylik

Mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat'iy hayotiy e'tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta'sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi ma'rifiy uchrashuv va tadbirlar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.

 

Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid

Joriy yilning 20-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2020-yil 17-fevraldagi 87-06-133-sonli xatida belgilan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi qator mas'ul tashkilotlar hamkorligida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom-xatibi T.Amirov ishtirok etdi.

 

Samarqand tuman bosh imom-xatibi maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi

Sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam: "Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir", deganlar. Nima uchun? Chunki iymon keltirish uchun ham ilm kerak. Musulmon bo‘lish uchun ham ilm kerak. Niyat qilish uchun ham ilm kerak. Ixlos qilish uchun ham ilm kerak. Ibodat qilish uchun ham ilm kerak. Allohning roziligini topish uchun ham albatta, ilm kerak. Qolaversa, do‘zaxdan qutulib, jannati bo‘lish uchun ham ilm kerak. Xuddi oila qurish uchun ham ilm kerak bo‘lgani kabi bu dunyo saodatini topish uchun ham ilm kerak, oxirat saodatini topish uchun ham ilm kerak.

Samarqand tuman bosh imom-xatibi B.Sharipov Samarqand shahar 9-umumta'lim maktabi o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ana shu kabi ilmning fazilatlari va ahamiyati mavzusida gapirib o‘tdi. O‘quvchilarga Islom dinining ilmga bo‘lgan munosabati, diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi, mamlakatbmizda yoshlarning ilm egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, xususan diniy ta'lim tizbmi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 

Viloyat vakilligida Imom Moturidiy ta'limotiga bag‘ishlangan tadbir va kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

Joriy yil 3-5 mart kunlari Samarqandda buyuk mutakallim, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1150 yilligi munosabati bilan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,  viloyat hokimligi, viloyatdagi Oliy ta'lim muassasalari hamkorligida Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

Viloyat bosh imomi Payariq tumanida bo‘lib, namozxonlar bilan uchrashdi

Bugun, 17 fevral kuni viloyat bosh imom-xatibi Payariq tumanida bo‘ldi. Tuman markaziy “Islom nuri” jome masjidida peshin namozi ado etilgach, jamot bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida viloyat bosh imom-xatibi xalqimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqib, Diniy marosimlar, ibodatlarimiz va milliy urf-odatlarimizni emin-erkin ado etish baxtiga musharraf bo‘lganimiz, muborak Haj va Umra ziyoratlariga borish imkoniyatlari yanada kengaygani va boshqa ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildiki, buning uchun har qancha shukronalar aytsak arzishligi, tinchlik va osoyishtalik ne'mati, shukronalik, farzandlarimizni komil inson etib tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalar ta'siridan saqlash kabi dolzarb mavzularda borasida so‘z yuritdi.

 

“Umra keyingi umragacha qilgan gunohlariga kafforatdir...”

Har bir amallarning ijobati niyatga bog‘liq. Agar bajariladigan amalda riyo, manmanlik yoxud qandaydir dunyoviy maqsadlar ko‘zlansa, unga savob berilmaqdi, Alloh taolo qabul qilmaydi. Umra ibodatini ham mukammal ado qilish uchun avvalo niyatni to‘g‘ri qilib olish lozim. Barcha amallar niyatga bog‘liq bo‘lgani uchun, ibodatda yagona maqsad Alloh taoloning roziligini istash bo‘lishi kerak. Agar dunyo noz – ne'matlariga erishmoqchi, “hoji aya” yoki “umraga borgan” nomlarini qozonmoqchi, “xo‘jako‘rsin” yoki asosiy maqsadi o‘zga yurtlarni sayr qilib, bir yo‘la umrani ado etib kelmoqchi bo‘lsa, umra ibodati qabul bo‘lmaydi.  Alloh taolo buyuradi:

 

Yoshlarni turli tahdidlardan asraylik

Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta'siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing