O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ziyoratchilarni kuzatish davom etmoqda

 
 

Joriy yilning 8 mart kuni Samarqand viloyatidan “Umra-2017” ziyoratining bahor mavsumi ziyoratchilarining navbatdagi guruhlari viloyatdan poytaxtga qarab jo‘nab ketdilar. Ularni kuzatish jarayoni alohida ehtimom va ko‘tarinki kayfiyat bilan tashkil etildi. Ziyoratchi otaxonu onaxolar dastlab vakillik binosiga to‘plandilar. U yerda ularga Samarqanddan boshlab Saudiya Arabistonigacha bo‘lgan safar qoidalari va manzilga yetib borganda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yana bir bor qisqacha eslatib o‘tildi. So‘ngra ularni yo‘lga kuzatish ishlari boshlandi. Zamon talablariga to‘liq mos keladigan, qulay sharoitli avtobusga chiqqan ziyoratchilarning yuzlarida xursandchilik, zavqu-shavq, shukronalik balq urub turardi. Ularni Samarqanddan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, viloyat vakilligi xodimlari va ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qolishdi.

Ziyoratchilar 9 mart kuni erta tongdan Toshkent xalqaro Ayeroportidan Saudiya Arabistoniga qarab uchib ketadilar.


Kiritilgan vaqti: 08/03/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1760
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/ziyoratchilarni-kuzatish-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 16/11/2019 04:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing