O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yurtimiz bo‘ylab tahoratxona va namozxonalar quriladi

 
 

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi partaliga “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlari hududlarida joylashgan, diniy tadbirlar va marosimlar, namoz o‘qish va ibodat uchun mo‘ljallangan diniy binolarga tashrif buyurgan shaxslardan to‘lov undirish taqiqlanadi.

Ushbu hujjat loyihasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi “Vaqf” xayriya jamoatchilik jamg‘armasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston turizm magistrali” (Xonobod-Mo‘ynoq) bo‘ylab turistlar uchun zarur infratuzilma obyektlari (kafe, savdo nuqtalari, ma'lumot burchagi, dam olish va ko‘ngilochar joylar, tahoratxona va namozxonalar) yaratish bo‘yicha Islom taraqqiyoti banki mablag‘larini jalb qilish masalasi ko‘rib chiqilayotgani ma'lum qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Davlat turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston musulmonlar idorasi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi belgilangan:

– turistlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida jamoat joylarida tahorat va ibodat qilish joylariga xos namunaviy talablar;

– ziyorat qadamjolarida bo‘lish, madaniy va ibodat binolarini ziyorat qilish qoidalari.

Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi shu yil 28 fevraligacha davom etadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/02/2020 17:51;   Ko‘rilganligi: 968
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yurtimiz-boylab-tahoratxona-va-namozxonalar-quriladi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 07:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing