O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR

 
 

Saxovatpesha, o‘zgalarga faqat yaxshilikni sog‘inadigan kishilar bor ekan, hayotimiz gullab-yashnayveradi, hech kim mehrga, e’tiborga zoriqmaydi, jamiyatning barcha qatlamlari bugunidan mamnun, ertasining porloq bo‘lishiga ishongan holda maqsadi tomon odimlayveradi.

2017 yil 3 avgust kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Diyor mahallasi va unga qo‘shni bo‘lgan mahallalarda istiqomat qiluvchi 12ta kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga xatna to‘yi hamda bitta nikoh to‘yi marosimi o‘tkazildi. Tumandagi “Yangi masjid” jome masjidi tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda bo‘lib o‘tgan to‘y marosimlarida viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov, Samarqand tumani hokimi, mahalla raislari, to‘yi bo‘layotgan ikki yosh va bolajonlarning yaqinlari ishtirok etdilar.

Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov to‘ybolalarning sarpolarini kiydirib, ularning haqqiga xayrli duolar qildi. Nikoh to‘yi bo‘layotgan ikki yoshning baxtli-saodatli bo‘lishini tiladi.

Qilingan ushbu xayrli ishlar sababidan tashkilotchilar, homiylar mo‘l-ko‘l ajr savobga ega bo‘lishlari, bunday ishlarning oyandasida yurtga baraka kelishi, xalqning farovonligi ziyoda bo‘lishini oyat-hadislar asosida tushuntirib o‘tdi. Yaxshilik hech qachon yerda qolmasligini, Qur’oni karimda Ehson-yaxshilikning mukofoti faqat ehson va ezgulik bo‘lajak, (“Ar Rohman” surasi, 60-oyat), demoqlik bilan o‘zgalarga yaxshilik qiluvchilarga dunyo va oxiratda ulkan mukofotlar borligi ma’lum qilinganini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zgacha fayz bilan o‘tgan to‘y marosimida, ayniqsa, bolajonlarning quvonchi cheksiz edi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 03/08/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1163
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/yaxshilikning-mukofoti-faqat-yaxshilikdir
Chop etilgan vaqti: 22/11/2019 07:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing