O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yangi uylar o‘z egalariga topshirildi.

 
 

Kecha, 20 dekabr kuni Jomboy tumani Uzunovul massivida yangi uylar  o‘z egalariga topshirildi. Har tomonlama qulay, jahon standartlariga mos ushbu uylar tumanning Uzunovul massivida qisqa fursatda qurib bitkazildi.

Xonadonlarni foydalanishga topshirish marosimida mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari G.Alimova hamda tuman hokimi H.To‘ychiyev, tuman bosh imom xatibi qatnashdi.

To‘yga to‘yona deganlaridek Jomboy tuman bosh imom xatibi Nurbek domla Xidirov homiylar ko‘magi bilan ushbu maskanda istiqomat qiluvchilar uchun bir dona kiryuvish mashinasi sovg‘a qilindi.

Jahongirxon Abrorov O‘MI - Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/12/2019 15:27;   Ko‘rilganligi: 988
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/yangi-uylar-oz-egalariga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing