O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xotirlar shod bo‘ldi

 
 

Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.

Alisher Navoiy.

Navro‘z bayrami arafasida viloyatimiz bo‘ylab qator xayriya ishlari amalga oshirildi. Imom xatiblar tashabbusi va homiylar ko‘magi ostida jismoniy imkoniyati kechlanganlar va mehrga muhtojlar holidan xabar olindi.

Samarqand tuman “Imomi A’zam” jome masjidi imom xatibi A.Po‘latov homiylarni jalb qilgan holda Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Samarqand viloyat bolalar maxsuslashgan sihatgohi 3 bo‘limida davolanayotgan bolajonlar uchun bayram dasturxoni tashkil qildi.

Porloq kelajak bugungi yosh avlod qo‘lida, degan tamoyildan kelib chiqib, bolajonlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat tilandi, ilm cho‘qqisiga yetib, yurt uchun kerakli inson bo‘lib yetishishlari so‘rab duoi xayrlar qilindi.

Ta’kidlash lozimki, yosh bolalarning quvonchidek, dilga xushnudlik ulashuvchi ishlarni qilish hammamizga nasib etsin

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1078
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/xotirlar-shod-boldi
Chop etilgan vaqti: 23/09/2020 10:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing