O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

XOTIRA TADBIRI O‘TKAZILDI

 
 

2017 yil 27 aprel kuni Urgut tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev tashabbusi bilan “G‘avsul A’zam” jome masjidida “9-may Xotira va Qadrlash kuni” yaqinlashayotgani munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov, ustoz domlalardan Samarqand shahar “Xo‘ja Zudmurod” jome masjidi imom xatibi Mustafoqul Melikov, tumandagi mavjud masjid imom xatiblari, sohada uzoq yillar xizmat qilganlar, mehnat faxriylari, nuroniy otaxonlar ishtirok etdilar.

Dastlab, bugungi kunda xalq manfaati, fuqarolarning farovon turmushini ta’minlash yo‘lida Yurtboshimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlar va bu borada imom-xatiblar zimmasiga tushadigan vazifa va mas’uliyatlar haqida so‘z yuritildi. Imomlarga qilinishi lozim bo‘lgan ishlar xususida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi.

So‘ng Mustafoqul domla Melikov inson qadri, yoshi kattalarga qilinishi kerak bo‘lgan hurmat, e’tibor, keksalar duosining ahamiyati haqida yig‘ilganlarga nasihatlar qildi. Bu an’ana yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, “Xotira va qadrlash kuni” har yili keng nishonlanib kelinishi, ayniqsa ushbu yilda urush qatnashchilari, mehnat faxriylariga har qachongidanda o‘zgacha izzatu-hurmat ko‘rsatilayotgani xususida so‘zlab, keksalarni e’zozlagan ushbu yurtning osmoni hamisha musaffo, kelajagi porloq bo‘lishini tilab duoi xayrlar qildi.

Shundan so‘ng dasturxonga taom tortildi. Tadbir so‘ngida mehnat faxriylari va nuroniy otaxonlarga homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/04/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1915
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/xotira-tadbiri-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 16/11/2019 03:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing