O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

XO‘JA ABDU MO‘MIN JOME MASJIDI

 
 

“Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidi Samarqand shaharining go‘zal masjidlaridan biri hisoblanadi. Shaharning Sattepo maskani, Turkiston ko‘chasi, 185-a uyda joylashgan. Ushbu masjid 1885 yilda valiysifat shaxslardan bo‘lgan Abdu Mo‘min bobo boshchiligida hashar yo‘li bilan qurilgan va shu inson nomiga “Xo‘ja Abdu Mo‘min” deb nomlangan.

Sobiq tuzum davriga qadar faoliyat olib borgan masjid, keyinchalik kolxoz omborxonasiga aylantirilib, ichida har qanday kimyoviy moddalar saklanib kelgan.

Mustakillik sharofati bilan yurtimizning ko‘plab joyida bo‘lgani kabi ushbu masjid ham musulmonlarga qaytarib berilgan va 1992 yildan qayta faoliyatini boshlagan.

So‘ngi yillarda masjid faoliyatini e’tiborga sazovor deb aytish mumkin. Jumladan, “Xo‘ja Abdu Mo‘min" jome masjidida olib borilgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari barchaning tahsiniga sazovor bo‘ldi. U yerda olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida ushbu masjid ilgarigi qiyofasidan tubdan farq qiladi. Kirish qismining o‘ziga xosligi, fayzli hovli, zamonaviy tahoratxona, rang-barang afishalar, anvoyi gullar, xonaqoning go‘zalligi masjidni ko‘rkam holatga keltirgan. Imom-xatibning xonasi shinam va barcha sharoitlarga ega.

Hozirda masjidda 1994 yil Buxorodagi “Mir Arab” islom o‘rta maxsus bilim yurtini bitirgan Xotamov Jahongir Jo‘raqulovich imom xatiblik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi



Kiritilgan vaqti: 25/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2858
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/xoja-abdu-momin-jome-masjidi-
Chop etilgan vaqti: 24/10/2019 08:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing