O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

XO‘JA ABDU BERUN JOME MASJIDI

 
 

Xo‘ja Abdu Berun jome masjidi Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Sarimozor mahallasida joylashgan qadimiy, ziyoratgoh masjidlardan biridir.

Masjid qurilishi tarixi olis o‘tmishga borib taqaladi. U 1159 yil Sulton Sanjar Moziy tomonidan qurilgan.

Masjid nomi nisbat berilgan Xo‘ja Abdu Berun (Muhummad Said ibn Usmon Ibn Poy brahna) nafaqat Samarqandda balki, O‘rta Osiyoda ilk fiqxshunoslik, Qozi kalon va mutasavvuf allomalaridandir. Manbalarga qaraganda Xo‘ja Abdu Berun Quraysh arablarining "Abduh" qabilasiga mansub bo‘lib nasl-nasablari choryorlarning uchinchi xalifasi bo‘lmish Usmon ibn Affonga borib taqaladi. Bul zoti muazzamning maqbaralari Samarqandning qadimiy devori – Devori qiyomatning tashqari (tojikcha - berun) tomonida joylashgani uchun Abdu Berun laqabini olganlar.

Xo‘ja Abdu Berun hazratlari Samarqkandda qozi bo‘lib ishlagan u kishining mashhur ug‘li Xo‘ja Abdu Darun bo‘lib ularning har biri ham fiqh va tasavvuf allomalari edilar. Xo‘ja Abdu Berun maqbara daxmasi va xonakohi dastavval Sulton Sanjar Moziy 1086-1126 va Temuriy Ulug‘bek Mirzo 1394-1449 va keyingacha 17-asrda Ashtarxoniylar podshoxi bo‘lmish imom-Qulixonning nufuzli saroy a’yoni va tog‘asi Nodir Devonbegi tomonidan qayta ta’mirlangan.

Xo‘ja Abdu Berun Hazratlari Arabiston diyori, Makka shahrida, Qurayshning "Abdu" qabilasida dunyoga kelib, VII asirning oxiri, VIII asr boshlarida Movarounnaxirga Islom dinini targ‘ib qilish maqsadi bilan "Fatx" qo‘shini bilan tashrif buyuradilar, so‘ngra yana Arabistonga qaytib ketadilar. Qusam ibn Abbos ya’ni "Shohi Zinda" hazratlarini kohinlar shahid etganligi tug‘risidagi xabar xalifalik markaziga yetib borgach, Xo‘ja Abdu Berun hazratlarini yana Movarounnahrga yuboriladilar. So‘ngra 30 yil davomida Samarqand podshohligida "Qozi kalon vazifasini o‘taydilar. O‘zlardan keyin mashhur o‘g‘illari Xo‘ja Abdu Darun "Xo‘ja muyiziddin" hazratlari bu vazifani davom ettiradi.

Hozirgi masjid hovlisida hovuz va ulkan chinor daraxti mavjud. Chinor mutaxassislarning tavsifi bo‘yicha 723 yoshdaligi aniqlandi. Masjidning maqbara qismida joylashgan chillaxonada bir qancha ulamolar zikru tahlil bilan mashg‘ul bo‘lganligi tasniflarda keltirilgan.

Mustaqillikdan so‘ng ushbu masjid XI asrga oid tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olindi va hukumatimiz tomonidan ta’mirlanib, serfayz ziyoratgoh holatiga keltiril.

Hozirda masjidda Ibodullayev Lutfullo Nosirovich imom-xatiblik qilib kelmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 05/01/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2139
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/xoja--abdu--berun-jome-masjidi
Chop etilgan vaqti: 22/11/2019 14:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing