O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

XIZMATLAR QADR TOPDI

 
 

2017 yil 27 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligida shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Movarounnahr” nashriyoti bosh direktori Abdujalil Xo‘jam ishtirok etdi.

Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov dastlab viloyatdagi diniy jabhadagi holat, imom xatiblarning salohiyatini ko‘tarish, joylarda olib borilayotgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha to‘xtalib, bu boradagi yutuq va kamchiliklar haqida gapirib o‘tdi. Bosh imom xatiblarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

So‘ng, “Movarounnahr” nashriyoti direktori A.Xo‘jamov so‘zga chiqdi va bugungi kunda xalqimiz ma’naviyatini oshirishda “Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetasining tutgan o‘rni, ushbu ikki nashr sifat jihatidan tobora ziyoda bo‘lib borayotgani haqida to‘xtaldi.

Nashrlardan yanada ko‘proq kishilar manfaat topishini ta’minlashda imom xatiblarning salmoqli hissasi borligi, shuni teran anglagan holda joylarda aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish, ma’rifat nuri kirayotgan oilalar sonini oshirish ishlarida yanada faolroq bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilishda qatnashgan joriy 2017 yil obunasini tashkil etishda faollik va namuna ko‘rsatgan 30 nafar masjid imom xatiblari “Movarounnahr” nashriyotining maxsus tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 27/11/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 1137
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/xizmatlar-qadr-topdi
Chop etilgan vaqti: 19/11/2019 02:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing