O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

XITOY ULAMOLARI SAMARQANDGA KELISHDI

 
 

2018 yil 14 may kuni yurtmizda mehmon bo‘lib turgan Xitoy islom uyushmasi raisi shayx Hasan Yang Fa Ming boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘ldi.

Mehmonlarni temir yo‘l vokzalidan viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov va Samarqand shahar bosh imom xatibi N.Islamov kutib oldilar.

Delegatsiya a’zolari tashrif davomida dastlab O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligiga keldilar. Vakillikda tomonlar o‘rtasida suhbat olib borildi. Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov mehmonlarga viloyatdagi diniy vaziyat, islohot va natijalar haqida so‘zlab berdi. Mehmonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Mehmonlar ziyorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasi, Registon, Shohi Zinda ansambli va Imom Buxoriy ziyoratgohida bo‘ldilar. Xitoy ulamolari yurtimizdagi islohotlar, islom dini rivojiga qaratilayotgan e’tiborga guvoh bo‘ldilar.

Ta’kidlash lozimki, mehmonlar yurtimizdagi o‘zgarishlarni o‘ta ijobiy baholadilar.

Shuning bilan Xitoy delegatsiyasining viloyatga tashrifi yakunlandi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 14/05/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1040
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/xitoy-ulamolari-samarqandga-kelishdi
Chop etilgan vaqti: 02/10/2020 04:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing