O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xayriya ishlari davom etmoqda

 
 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi sizning xayriya mablag‘laringizni shariatda ko‘rsatilgan ezgu maqsadlarda, xaqdorlarga yetkazilishiga kafolat beradi. Fondga kelib tushayotgan zakot va boshqa turdagi xayriya mablag‘lari hisobidan muxtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari, bemorlarga dori-darmonlar yetkazish va shu kabi ijtimoiy yo‘nalishlarda xayriya ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, hozirgi murakkab vaziyatda ko‘mak berishning, xayriya qilishning ayni vaqti! Bu borada  "Vaqf" xayriya jamoat fondining barcha hududiy filiallarida saxovat va ko‘mak aksiyalari, xayriya tadbirlari doimiy uyushtirilmoqda.

Kuni kecha yana "Vaqf" xayriya jamoat fondi Samarqand filiali ishtirokida yana bir xayrli ishga qo‘l urildi va Payariq tumanining chekka hududlardagi bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari  bilan uchrashib, holidan xabar olindi va  zaruriy birlamchi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat  68 dona "Vaqf" paketlari o‘z egalariga tarqatildi. Xayriya tadbirlari davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/06/2020 10:47;   Ko‘rilganligi: 988
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/xayriya-ishlari-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 14:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing