O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xalqaro anjumanga mehmonlar tashrifi boshlandi

 
 

Xabaringiz bor, buyuk mutafakkir, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1150 yilligi munosabati bilan joriy yil 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Misrning al-Ahzar majmuasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Anjumanga ko‘plab xorijiy ilmiy tadqiqot markazlarining olimlari, oliy o‘quv yurtlari ustozlari, ulamolar, mutaxassis va tadqiqotchilar hamda mamlkatmizning yetuk diniy ulamolari, imom-xatiblar tashrifi kutilmoqda.

Bugun, 2 mart kuni O‘zbeksiton muslmonlari idorasi, raisi, muftiy Usmonxon Alimov Samarqandga tashrif buyurdilar. Muftiy hazratlari anjumanga tayyorgalik ishlarining borishi bilan tanishib, tashrif buyuruvchi mehmonlarni qabul marosimini o‘tkazadilar.

Shuningdek, viloyat vakilligi binosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari O‘.Hasanbayev boshchiligida anjumanga tayyorgarlik, mehmonlarni kutib olish va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

3 martdan boshlanadigan anjumanning asosiy majlisi Samarqand shahridagi “Forumlar majmuasi”, sho‘ba yig‘ilishlari esa Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘lib o‘tadi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 02/03/2020 12:11;   Ko‘rilganligi: 839
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/xalqaro-anjumanga-mehmonlar-tashrifi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 12:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing