O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xalqaro ahvol va xavfsizlikni ta’minlash

 
 

Joriy yilning 25 noyabr kuni Samarqand viloyati Payariq tumani Chelak qishloq xo‘jalik kolleji majlislar zalida “Xalqaro ahvol va xavfsizlikni ta’minlash” masalasi yuzasidan aholi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimi A.S.Jo‘rayev, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Z.Eshonqulov, mahalla oqsaqol va faollari hamda kollej o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Dastlab yig‘ilishni Payariq tuman hokimi A.S.Jo‘rayev ochib berdi va nutqi davomida yosh avlod yaratilayotgan shart-sharoitlarga shukr qilib yaxshi bilim olishi, kelajakda yetuk inson bo‘lishga intilib yashashi lozimligi, yurtimizning tinchligini asrash hamda dunyoda kechayotgan geosiyosiy jarayonlar haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, aholi unimdor yerlardan oqilona foydalanishi, chet ellarga borib ishlagandan ko‘ra vatanimizdagi mavjud ikoniyatlarni maqsadli yo‘naltirish kerakligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, Samarqand viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari hamda Imom Buxoriy jome masjidi imom xatibi Z.Eshonqulov so‘zga chiqib, xalqaro ahvol va xavfsizlikni ta’minlash, bugungi kundagi turli mafkuraviy xurujlar, ulardan himoyalanish yo‘llari, yurtimizdagi tinchlik xotirjamlikning qadriga yetib, uni avaylab-asrash, buzg‘unchi to‘dalarning fitnalaridan ogoh etish va yoshlarni turli vayronkor kuchlarning aldamchi g‘oyalaridan himoya qilish kabi eng dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va tadbir savol-javob tarzida yakunlandi.

Saidusmon Zikiryayev

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakilligi mas’ul kotibi


Kiritilgan vaqti: 26/11/2015 00:00;   Ko‘rilganligi: 1928
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/xalqaro-ahvol-va-xavfsizlikni-taminlash-
Chop etilgan vaqti: 24/10/2019 08:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing