O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat imom-xatiblari tomonidan Prezident murojaatnomasi katta qiziqish bilan qabul qilindi

 
 

Xabarangiz bor kecha, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi. Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek, ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar, OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingan ushbu murojaatnoma barcha soha vakillari orasida qizg‘in muhokama qilinib, murojaatnomada ko‘rsatilgan taklif va mulohaza hamda kamchiliklar yuzasidan o‘zlarining oldilariga qo‘yilgan vazifalarni belgilab olmoqda.

Bugun Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatib va imom noiblari Samarqand shahridagi “Yoshlar ittifoqi” katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasini katta ekran orqali qaytadan tomosha qilib, uni tahlil etish uchun yig‘ildilar. Hozir ayni damda murojaatnomani yig‘ilganlar tomosha qilmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/01/2020 09:51;   Ko‘rilganligi: 858
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-imom-xatiblari-tomonidan-prezident-murojaatnomasi-katta-qiziqish-bilan-qabul-qilindi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 16:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing