O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat bosh imom-xatibi masjid qurilishi bilan tanishdi

 
 

Urgut tumanining markazida joylashgan “Cho‘bin” jome masjidi bugungi kun talablariga javob bermay qolgani, namozxonlar ko‘pligi, ayniqsa, hayit va juma namozi kunlari joy yetishmayotlanligi sababli, uning binosini ko‘p sig‘imli, zamonaviy qilib qurishni taqozo qilingan edi. Bundan olti yil muqaddam tumandagi Mergancha mahallasidan joy tanlanib, loyiha asosida qurilishga kirishilgan edi. Bugun masjidning ulkan gumbazi va to‘rt minorasi uzoq-uzoqlardan ko‘zga tashlanib turadi.  To‘rt minoraning balandligi 43 metr, gumbazi esa 34 metr. Masjid 55 metrga 45 metr o‘lchamda qad rostlamoqda. Masjid mutaxassislar nazoratida, belgilangan qurilish-arxitektura me'yorlari asosida bino etilmoqda. Hozirda bino ichini bezash, pardozlash, bino devorining tashqi qismiga granit va travetin plitalarini o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

        

 Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov bugun ushbu masjidda olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishdi. Shu jarayonda o‘zining ko‘rsatma va tavsiyalarini berib, ish boshida turgan tashkilotchilar, usto-duradgor va homiylik qilayotgan saxiy insonlar haqqiga Alloh taolodan ularga kuch-quvvat ato etishini so‘rab duo qildi.

  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/11/2019 15:17;   Ko‘rilganligi: 1311
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-bosh-imom-xatibi-masjid-qurilishi-bilan-tanishdi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 15:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing