O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Viloyat bosh imom-xatibi Indoneziyalik mehmonlarni qabul qildi

 
 

Indoneziyalik jurnalist Marfuah Panji Astuti turmush o‘rtog‘i Herlambang Sukma Sakiyana bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Marfuah Panji Astuti xonim O‘zbekiston xususan, Samarqand haqida “Journey to Samarkand” – “Samarqandga sayohat” nomli risola muallifi hisoblanadi. 

Mehmonlarning xabar berishicha ushbu kitob o‘n ming nusxada nashr etilgan va indoneziyalik kitobxonlar tomonidan qizg‘in qabul qilinib, uning barcha nusxalari qisqa muddat ichida xarid qilingan.

Bugun, 9 yanvar kuni mehmonlarni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov viloyat vakilligi binosida qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Indoneziya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari, ushbu asarning ahamiyati va bundan keyingi hamkorlik masalalari borasida so‘z yuritildi. Qabul marosimi so‘ngida muallif o‘zining “Samarqandga sayohat” nomli asarini Z.Eshonqulovga hadya qildi. Shuningdek, vakillik tomonidan ham mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/01/2020 17:25;   Ko‘rilganligi: 948
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/viloyat-bosh-imom-xatibi-indoneziyalik-mehmonlarni-qabul-qildi
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 06:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing