O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Video-konferensiya o‘tkazildi

 
 

2018 yil 16 aprel kuni muhtaram Prezidentimizning “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilingan edi. Buni barchamiz katta xursandchilik bilan qabul qildik.

25 aprel kuni mazkur Farmon mazmun-mohiyatini diniy soha xodimlariga yetkazish, Farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari raisligida video-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Viloyatimiz imom xatiblari mazkur konferensiyani Samarqand qishloq xo‘jalik institutining katta majlislar zalidan turib kuzatdilar.

Ushbu xayrli tadbir umummanfaatli bo‘lishini so‘rab qolamiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/04/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1703
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/video-konferentsiya-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 22:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing