O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Uzoq hududlardagi masjidlarga tashrif amalga oshirildi

 
 

Samarqand viloyatining umumiy maydoni 16,8 ming km2 bo‘lib, atrofda Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hamda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hisoblanadi.  Viloyatda bugungi kunda 285 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Bugungi o‘zgarish va islohotlar davomida ko‘plab masjidlarda qayta qurish, ta'mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari X.Sattarov bugun, 21 yanvar kuni markazdan uzoqda joylashgan masjidlar, ularda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishish, namozxonlar bilan suhbatlashish  maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar va Narpay tumanlarida bo‘ldi. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahar “Qoriravot” jome masjidida olib borilayotgan qayta qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, vakil o‘rinbosari shu kunning o‘zida Narpay tuman “Naqshbandiy” jome masjidida bo‘lib, peshin namozidan so‘ng jamoat bilan diniy sohada ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani, ushbu kunlarimizga shukronalik keltirish, tinchlik va xotirjamlikning qadriga yetish, olib borilayotgan islohotlarning asl mohiyatini tushinib yetish, masjidning fazli, jamoatning savobi borasida suhbatlashdi.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 21/01/2020 17:28;   Ko‘rilganligi: 1203
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/uzoq-hududlardagi-masjidlarga-tashrif-amalga-oshirildi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing