O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Urgutliklar uchun xushxabar

 
 

2018 yil muhtaram Yurtboshimiz tomonidan Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilingani munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlarda yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish bo‘yicha qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

23 fevral, muborak juma kuni Urgut tumanidagi “Cho‘bin” markaziy masjidida anashunday xayrli ishlardan biri amalga oshdi.

2000 dan ziyod mo‘min-musulmonlar juma namozini ado etadigan ushbu masjidda diniy adabiyotlar savdosiga ixtisoslashgan yangi do‘kon ishga tushurilib, ma’rifat ulashishni boshladi.

Urgutliklarni yangi kitob do‘koni bilan muborakbod etamiz.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/02/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1695
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/urgutliklar-uchun-xushxabar
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 23:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing