O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Umumiy yig‘ilish o‘tkazildi

 
 

2017 yil 1 fevral kuni Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha masjid imom xatiblari ishtirokida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Vakillik va imom xatiblar faoliyatiga tanqidiy nazar ruhida o‘tgan yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibi N.Islamov 2017 yil 28 yanvar kuni Toshkent islom universitetida o‘tkazilgan diniy xodimlarning navbatdagi yig‘ilishidan olgan taassurotlari, xulosalari haqida so‘zlab, bugun viloyat imomlari bilan ham faoliyatni sarhisob qilish, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolmasdan, har kim o‘ziga tanqidiy qarashi, kamchilikni o‘zaro aniqlab, bartaraf etish maqsadida yig‘ilish tashkil etilganini aytdi.

Shuningdek, imomlar faoliyatida ko‘zga tashlanayotgan ayrim kamchiliklar xususida so‘zlab, ularni tuzatish lozimligi, bartaraf etish yo‘llari haqida maslahat va ko‘rsatmalar berdi.

Faoliyatida sustkashlik ko‘zga tashlanayotgan tuman bosh imomlari, imomlar xatiblarga esa alohida ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida batafsil to‘xtaldi hamda imomlar faoliyatini jadallashtirish borasida qator tavsiyalar berib o‘tildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 02/02/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2881
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/umumiy-yigilish-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 18:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing