O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Umra-2018 mavsumi ziyoratchilari Samarqandda

 
 

26-27 dekabr kunlari Toshkent viloyatidan “Umra-2018” mavsumi ziyoratchilari hamda ilgari turli diniy yot oqimlar ta’siriga tushib qolgani sababli ozodlikdan mahrum etilgan va to‘g‘ri yo‘lni anglab yetgani e’tiboridan avf qarori asosida ozodlikka chiqarilgan fuqarolar viloyatimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati vakilligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, ziyoratchilar tashrifni “Imom Buxoriy” yodgorlik majmuasida muhaddislar sultoni bo‘lgan Imom Buxoriy rohimahullohning marqadlarini ziyorat qilish bilan boshladilar. O‘z navbatida ushbu maskanda amalga oshirilgan qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

27 dekabr kuni erta tongdan birinchi Prezidentimizning maqbaralarini ziyorat qilib, u kishining haqlariga xayrli duolar qildilar. Shundan so‘ng Registon maydonidagi qadimiy madrasalar tomon yo‘l olishdi. Ular “Go‘ri Amir” misol qator qadamjolarni tomosha qilib, safarlarni Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyida yakunlaydilar.

Ziyoratchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mehmonxona, ziyorat ishlariga oid mutaxassis xodimlar, yumshoq o‘rinli avtobuslar hamda YOPX xodimlari biriktirilgan.

fitrat.uz sayti ziyorat yuqori kayfiyatda davom etgani, tashkil etilgan safar umra ziyorati oldida turgan fuqarolarimiz uchun benazir sovg‘a bo‘lgani, avf qarori asosida ozodlikka chiqarilgan fuqarolarimiz esa yurtimizda amalga oshirilgan bu misol ezgu ishlardan ko‘zlari quvnab turgani haqida ma’lum qilgan.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/12/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2020
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/umra-2018-mavsumi-ziyoratchilari-samarqandda
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 23:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing