O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

TAROVEH NAMOZLARI TAROVATI

 
 

Muborak Ramazon oyining fayzli kechalarida namozxonlar holidan xabar olish, masjidlarda ibodat uchun hozirlangan sharoitlar bilan yaqindan tanishish, ayniqsa xatmi Qur’on bo‘layotgan masjidlardagi ruhiyatni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi rahbarlari hamda vakillik xodimlari viloyat bo‘ylab safarlarga chiqmoqdalar. Ta’kidlash lozimki, yilning eng issiq va kunlarning eng uzun vaqtiga to‘g‘ri kelgan Ramazon oyida mo‘min-musulmonlarning ixlosu g‘ayrat bilan ibodat qilayotganlari tahsinga loyiq. Namozxonlar yuzida xotirjamlik, rozilik alomatlari ko‘rinib turibdi.

Shu bugungacha Oqdaryo, Ishtixon, Payariq, Qo‘shrabot, Urgut, Jomboy, Bulung‘ur, Samarqand shahar, Samarqand, Paxtachi, Pastdarg‘om, Nurobod tumanlaridagi masjidlarga tashriflar uyushtirildi.

Tashriflar davomida namoz asnosida qisqa muddatli ma’ruza qilinib, tinchlik qadri, uni g‘animat bilish, bugungi tahlikali zamonda hamisha ogoh turish haqida to‘xtalib o‘tildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 16/06/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3551
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/taroveh-namozlari-tarovati
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 21:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing