O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Suv ulashish – sadaqaning afzali

 
 

Sa'd ibn Uboda roziyallohu anhuning onalari vafot qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: "Onam vafot qildi, uning nomidan sadaqa qilsam bo‘ladimi?" deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ha", dedilar. U: "Sadaqaning qaysi biri afzal?" degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Suv ulashish”, deb aytdilar (Imom Ahmad va Nasaiy rivoyati).

Urgut tumani Andak mahallasi tog‘li hududda joylashgan. Aholiga Chorchinor chashmasining suvi quvurlar orqali yetkazib beriladi. Kun mobaynida 2-3 soat davomida suv bilan ta'minlangan aholi boshqa vaqtlarda yig‘ib qo‘ygan suvlaridan iste'mol qilishadi. Mahallada joylashgan  “Ernazar Hoji” jome masjidi imom-xatibi va jamoasi masjid hududida maxsus suv havzasi barpo qilganlar. Masjid va aholi uchun suv ta'minoti vazifasini bajarayotgan havza maxsus materialdan tayyorlangan bo‘lib, u suvning ifloslanishini oldini oladi. Qishloq ahli ham bu suvdan o‘z ehtiyojlari uchun bemalol foydalanishlari mumkin.

Darhaqiqat, suv ulashish eng katta savobi ulug‘ amallardandir. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar vorid bo‘lgan.

“Qaysi bir musulmon suvsiz, chanqagan musulmonga suv bersa, Alloh azza va jalla uni rahiyqi maxtumdan serob qilur”

“Qaysi bir kishi quduq kovlasa va undan chanqagan insu jin, parrandlar suv ichsa, Alloh taolo uni qiyomatda savob bilan mukofatlaydi”.

Urgut tumanidagi “Ernazar Hoji” jome masjidi ham ko‘rkam, obod ibodat maskani hisoblanadi. Uning hovlisiga kirsangiz atrof ozoda, hovlida bog‘ yaratilgan. Masjidda namozxonlar uchun barcha sharoitlar muhayo qilingan. Tahoratxona ham zamonaviy uskunlar bilan jihozlangan bo‘lib, issiq va sovuq suv bilan ta'minlangan. Bir so‘z bilan aytganda markazdan uzoqda joylashgan masjidda har tomonlama o‘rnak olsa arziydigan ishlar amalga oshirilgan. Allohning baytini obod etish uchun say' harakatda bo‘lganlarga ulkan ajru mukofotlar nasib qilsin!  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/03/2020 12:50;   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/suv-ulashish-sadaqaning-afzali
Chop etilgan vaqti: 31/03/2020 15:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing