O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"Sunniy madaniyat markazi" haqida nima bilamiz?

 
 

1978 yilda asos solingan «Sunniy madaniyat markazi» Hindistondagi eng mashhur ilmiy va hayriya tashkiloti bo‘lib, uning asosiy binosi Kerala shtatining markazi Kalikut shahrida joylashgan.

Markaz filiallari dunyoning turli mamlakatlari, jumladan Fors ko‘rfazi davlatlari, Yevropa va Amerikada, o‘z faoliyatini olib bormoqda. Markaz qoshidagi 50dan ortiq muassasalar, xususan Qur’on maktablari, shariat kollejlari, mehribonlik uylari, o‘rta maktablar, aniq va ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan kolledjlar, malaka oshirish institutlari, texnik institutlar, tibbiyot institutlari, masjid va shifoxonalarning ham doimiy tarzda jamiyat taraqqiyotiga xissa qo‘shayotganligi ahamiyatga molik.

Bu dargohda ijtimoiy-diniy fanlar bilan bir qatorda zamonaviy fanlar uyg‘unligiga katta e’tibor qaratilgan. Hozirgi kunda Markazning barcha yo‘nalishlarida 200000dan ziyod talaba tahsil olib kelmoqda.

Shayh Abu Bakr Ahmad Hindistonning Kerala shtatida 1939 yilning 22 martida tavallud topgan. Shayh Abu Bakr Ahmad Hindistondagi sunniy musulmonlar rahnamosi, Butun Hindiston musulmon ulamolar birlashmasi Bosh kotibi, Kerala shtatida joylashgan Saqofati Sunniyya Markazi asoschisi va rektori, shuningdek, Sunniy yoshlar jamiyati homiysi va Kerala Samasta sunniy musulmon ulamolar tashkiloti Bosh kotibi hisoblanadi.
Shayh Abu Bakr Ahmad boshchiligida 23 ta islomiy maktab, 2000 ta masjid, 1650 ta quduq, 26 ta ta’lim muassasalari qurildi, va o‘z faoliyatini boshladi.

Shayh Abu Bakr Ahmad arab, ingliz, urdu, tamil va malayam


Kiritilgan vaqti: 15/03/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1760
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/sunniy-madaniyat-markazi-haqida-nima-bilamiz
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 12:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing