O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SHOHI ZINDADA XATMONA

 
 

19 iyun yakshanba kuni Samarqand shahrining markaziy masjidi hisoblangan “Shohi Zinda” jome masjidida xatmona bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon Islamov, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar, masjid xodimlari va namozxonlar qatnashdilar. Viloyat bosh imom xatibi masjidda yig‘ilganlarni ushbu ulug‘ fursat bilan tabriklar ekan, xatmi Qur’on fazilati, hofizi Qur’onlar qadri haqida qisqacha va’z- nasihat qilib o‘tdilar. Alloh taolodan Kalomi sharifi barokotidan yurtimizni tinch saqlab, xalqimiz farovonligini ziyoda etishini so‘rab duoi xayrlar qildilar.

15 kun Qur’on tilovatini eshitgan namozxonlar yuzida ham ajib halovat, xursandchilik va fayz balqib turardi.

Shu kuni viloyat bo‘ylab yana 17ta masjidda xatmonalar bo‘lib o‘tdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/06/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3602
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/shohi-zindada-xatmona
Chop etilgan vaqti: 19/03/2024 14:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing