O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sayyor yig‘ilish: navbatdagi bekat Tayloq tumani

 
 

25 sentyabr kuni shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida Tayloq tumanida navbatdagi sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov boshchiligida o‘tkazildi.

Kunning birinchi yarmida tuman va shahar bosh imom xatiblari Tayloq tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar.

Kunning ikkinchi yarmida yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi va dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. Barqaror faoliyat olib borayotgan masjidlardan olinib, qolgan masjidlarida joriy qilish mumkin bo‘lgan namunalar xususida so‘z yuritildi. O‘z navbatida aniqlangan kamchiliklar ham aytilib, bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi shu va boshqa masalalar asosida olib borildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 25/09/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 836
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/sayyor-yigilish-navbatdagi-bekat-tayloq-tumani
Chop etilgan vaqti: 20/09/2020 10:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing