O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Saxovat oyidagi ezgu amallar

 
 

Ramazon - ezgulik va saxovat elchisi. Bu oyda qilingan har bir yaxshi ish Alloh ta’olo tomonidan ko‘plab ajr-savoblar bilan mukofotlanadi.

2018 yil 23 may, muborak Ramazon oyining 7 kuni Samarqand shahar bosh imom xatibi va "Shohi Zinda" jome masjidi imom xatibi N.Islamov masjid xodimlari bilan birgalikda Samarqand shahridagi "Riabelitatsiya markazi”da davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldilar.

Bemorlar Ramazon oyi bilan muborakbod etildi, ushbu oy sharofatidan Alloh taolodan mustahkam sog‘lik berishini so‘rab, duoi xayrlar qilindi.

Tashrif davomida bemorlarga shaxsiy gigiyenik vositalardan iborat savg‘alar to‘plami ulashildi.

Alloh taolo o‘z kalomida "Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir", (Ar-Rohman-60) deya ta’kidlaganidek, har bir yaxshilik qiluvchini O‘zi munosib mukofotlasin.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/05/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1444
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/saxovat-oyidagi-ezgu-amallar
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 20:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing