O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"SARHISOB" TANLOVI TAQDIRLASH MAROSIMI

 
 

Shu yil 12 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining majlislar zalida «Sarhisob» tanlovining g‘olib va ishtirokchilari uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatiga tayanib “muslim.uz” internat portali xabar bermoqda.

Xabarda diniy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi ijodiy ishlarni aniqlash, sohada namunali faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan «Sarhisob» tanlovi tashkilotchilar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi va Toshkent islom universiteti tomonidan yuqori saviyada o‘tkazilgani ta’kidlangan.

Samarqand viloyat vakilligi uchun ushbu tanlovning o‘ziga xos jihati shundan iborat bo‘ldiki, televideniye yo‘nalishida O‘zbekiston teleradiokompaniyasi va mahalliy teleradiokompaniyalarda namoyish etilgan dolzarb mavzular bo‘yicha davra suhbatlaridagi ishtiroki uchun – Samarqand viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari hamda «Imom Buxoriy» masjidi imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov faxrli II o‘ringa;

Internet yo‘nalishida «bukhari.uz» internet manzilidagi dolzarb mavzulardagi maqolalari uchun Imom Buxoriy xalqaro markazi ilmiy xodimi hamda Oqdaryo tuman “Maxdumi A’zam” jome masjidi imom xatibi Olimxon Yusupov faxrli II o‘ringa loyiq deb topildi.

G‘oliblarimizni mukofotlari bilan muborakbod etamiz va kelgusida g‘alabali odimlari bardavom bo‘lishini, viloyatimizdan izdoshlari ko‘plab yetishib chiqishini yaratgandan so‘rab qolamiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 12/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2338
 
Material manzili: http://sammuslim.uz/oz/press/news/sarhisob-tanlovi-taqdirlash-marosimi
Chop etilgan vaqti: 21/09/2019 17:04
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing