O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandliklar Umra safariga otlandilar

 
 

Joriy yilning 26 fevral kuni Samarqand viloyatidan “Umra-2017” ziyoratining bahor mavsumi ziyoratchilarining dastlabki guruhlari viloyatdan poytaxtga qarab jo‘nab ketdilar. Ularni kuzatish jarayoni alohida ehtimom va ko‘tarinki kayfiyat bilan tashkil etildi. Ziyoratchi otaxonu onaxonlar dastlab vakillik binosiga to‘plandilar. U yerda ularga Samarqanddan boshlab Saudiya Arabistonigacha bo‘lgan safar qoidalari va manzilga yetib borganda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yana bir bor qisqacha eslatib o‘tildi. So‘ngra ularni yo‘lga kuzatish ishlari boshlandi. Zamon talablariga to‘liq mos keladigan, qulay sharoitli avtobusga chiqqan ziyoratchilarning yuzlarida xursandchilik, zavqu-shavq, shukronalik balq urub turardi. Ularni Samarqanddan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, viloyat vakilligi xodimlari va ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qolishdi.

Ziyoratchilar 27 fevral kuni erta tongdan Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga qarab uchib ketadilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 26/02/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2908
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandliklar-umra-safariga-otlandilar
Chop etilgan vaqti: 19/03/2024 11:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing